Raqamli taʼlimning izohli luğati
- Elektron oʻquv qoʻllanma
Darslikni qisman toʻldiruvchi, muayyan fan dasturi boʻyicha tuzilgan va fan asoslarining chuqur oʻzlashtirilishini taʼminlovchi, ayrim bob va boʻlimlarni keng tarzda yoritishga yoki amaliy mashq hamda mashgʻulotlar yechimiga moʻljallangan raqamli resurs.
- Elektron oʻquv-uslubiy qoʻllanma
Oʻqituvchilar (professor-oʻqituvchilar) va taʼlim oluvchilar uchun moʻljallangan boʻlib, unda bir darsning maqsadi, vazifalari, dars oʻtish vositalari va ulardan foydalanish usullari, darsning mazmuni, amaliy mashgʻulotlar, qoʻshimcha topshiriqlar va boshqa maʼlumotlar haqida tavsiflar bayon qilinadigan raqamli resurs.